Yangiyo‘l tumani hokimi ham ishdan olindi
Jamiyat
−
14 iyul 5470 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni Odiljon Ataullayev Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy ma’ruza qilgan.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan va tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Odiljon Qosimovich Ataullayev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Zoir Mirzayev Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan San’at Shokirovich Jumaniyozov nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan San’at Jumaniyozov Yangiyo‘l tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nasrullo Boboyev Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi lavozimidan ozod etilgani va uning o‘rniga Narimonjon Ismoilov tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi