Yangiyo‘lda tok urishi oqibatida ayol vafot etdi
3-sahifa
−
28 noyabr 2023
6779Kecha, 27 noyabr kuni Toshkent viloyatida bir ayol uzilib ketgan elektr simiga tegib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Aytilishicha, Yangiyo‘l tumani “Nurobod” mahallasidagi yangi o‘tkazilgan elektr energiyasi simi uzilgan. Joriy yilning 26 noyabr kuni soat 16:00 lar atrofida ayol shu simga tegib ketgan va kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ayol kecha, 27 noyabr kuni shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kon ishchisi tosh bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi