Yangiyo‘lda taksistni o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborganlikda gumonlangan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi o‘ldirilib, mashinasida yoqib yuborilgandi. Haydovchini qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u jinoyat ishi doirasida Jinoyat kodeksining 97 va 267-moddalari bilan gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu qotillikka o‘rtadagi qarz sabab bo‘lgani aniqlangan.

Tergov ishlari esa davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea 4 oktyabr kuni yuz bergandi. Taksi boshqaruvida 24 yoshli yigit bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Yangiyo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made