Yangiyo‘lda kuchli portlovchi pirotexnika yasayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Madaniyat” MFYda yashovchi 25 yoshli M.B. o‘zining uyida, kuchli portlovchi pirotexnika vositalarini qo‘l bola usulda tayyorlayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uning xonadonidan 100 dan ortiq yelim (santexnika) quvur bo‘laklari va bir nechta idishda ushbu vositani yasash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar, dazmol va boshqa buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Surishtiruv davomida fuqaro M.B. ushbu pirotexnika vositalarni tayyorlashda foydalangan moddasini Bektemir tumani Yangiobod bozoridan, o‘ziga notanish bo‘lgan shaxsdan 130 ming so‘m evaziga sotib olganligi, so‘ng unga o‘zining tomorqasida foydalanish uchun saqlayotgan amiyak selitrasi va bir necha boshqa moddalarni qo‘shib tayyorlagani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pirotexnika

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing