Yangiyo‘lda ikki talaba 56 yoshli taksi haydovchisini pichoqladi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 2 nafar yigit 56 yoshli taksi haydovchisini pichoqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 27 aprel kuni soat 23:30 larda fuqarolar – M.Z. va M.D. qasddan odam o‘ldirish va o‘zganing mulkini egallash maqsadida oshxona pichog‘i bilan qurollanib, Toshkent shahridagi “Olmazor” metro bekati yoniga kelib, taksi buyurtma bergan.

Ular chaqiruvga asosan kelgan taksi haydovchisi A.Ch.ning boshqaruvida bo‘lgan Gentra avtomobiliga o‘tirib, oldindan tuzilgan rejaga muvofiq uni Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li orqali Yangiyo‘l tumaniga yo‘naltirgan. Ular 28 aprel kuni taxminan soat 01:00 larda tumanning “Chamanzor” MFY hududiga yetib kelib, “Yangiyo‘l sharob savdo” MCHJ foydalanuvidagi tokzor ichiga kirgach, avtomashinani to‘xtatishgan.

Atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, orqa o‘rindiqda o‘tirgan M.D. oldindan tayyorlab qo‘yilgan va yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan A.Ch.ning bo‘yin sohasiga bir marotaba urib, bo‘ynini qo‘llari bilan bo‘g‘gan. M.Z. esa jabrlanuvchining qo‘llarini ushlab turgan.

Shu vaqtda tuman IIBning tungi navbatchilik guruhi a’zolari tomonidan holat aniqlanib, 2 yigit qo‘lga olingani sababli boshlangan jinoyat oxiriga yetmagan.

Yangiyo‘l tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro A.Ch.ning bo‘yin o‘ng tomon sohasida sanchilgan jarohatlar aniqlangan. Hodisa joyidan bir dona oshxona pichog‘i va qonga o‘xshash dog‘lar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “i, p” bandlari va 164-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi bo‘yicha M.Z. va M.D. Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan. Kecha, 29 aprel kuni ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, M.Z. 2004 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent axborot va texnologiyalar universiteti talabasi. Uning sherigi M.D. esa 2006 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida o‘qiydi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Yangiyo'l pichoqlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made