Yangiyo‘lda ayollar nomidan profil ochib, firibgarlik qilgan yigit ushlandi

3-sahifa

image

Internetda ayollar nomidan bir nechta profil ochib, firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro savdo platformasida soxta e’lonlar joylashtirib, Telegram-ijtimoiy tarmog‘ida ayollar ism-shariflari ostida 10 ga yaqin akkaunt yaratgan. U o‘zini boshqa shaxs sifatida tanishtirib, Iphone rusumidagi telefonlarni arzon sotish bahonasida fuqarolardan oldindan pul olgan va mablag‘larni boshqa shaxslarga tegishli bank kartalariga o‘tkazdirib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbir jarayonida jinoyat quroli sifatida foydalanilgan bank kartalari va telefon raqamlari ashyoviy dalil sifatida olingan. Dastlabki tergov davomida Toshkent viloyatining Nurafshon, Ohangaron, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Bo‘ka, Qibray va Toshkent tumanlarida sodir etilgan 8 ta shu kabi jinoyat aynan ushbu shaxs tomonidan sodir etilgani fosh bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b, g” bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida istiqomat qilib, odamlarning pulini ko‘paytirib berish bilan aldab, ularning pulini o‘zlashtirib olgan yigit Toshkent shahrida qo‘lga olingan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

firibgarlik Yangiyo'l Toshkent viloyati IIBB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing