Yangiyo‘lda 3,5 kg “marihuana”ni saqlagan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida jami 3,5 kg narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Yangiyo‘l tumanida yashovchi M. ismli shaxs 4 mln 800 ming so‘m evaziga “marihuana” giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Tekshiruvlar natijasida uning yonidan 200 gramm “marixuana” topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, M. ismli shaxs giyohvand moddalarni olgan B. ismli shaxs ham qo‘lga olingan. Shundan so‘ng Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan uning xonadoni ko‘zdan kechirilganida 3,5 kg “marihuana” giyohvandlik moddalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan va aholi orasida 10 500 dona bir martalik doza tarqatilishining oldi olingan. 

Hozirda holat yuzasidan nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvlroq Navoiy viloyatining Konimex tumanida 1200 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan vositalarni 6,9 mln so‘mga sotayotgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangiyo'l narkotik marihuana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing