Yangiyo‘lda 3,3 mlrdga ta’mirlangan maktab shifti ko‘chib tushdi. O‘quvchilar jarohatlangan

Jamiyat

image

Yangiyo‘lda joylashgan 6-maktabdagi sinfxonalardan birida shift ko‘chib tushdi. Hodisa oqibatida ikki nafar o‘quvchi jarohatlanib, ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyati hokimligi buyurtmasiga asosan viloyatga ajratilgan qo‘shimcha 3,3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga “Ahmadxoji al-Avaz” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

Ayni damda shahar hokimining topshirig‘iga ko‘ra shahar prokuraturasi, xalq ta’limi bo‘limi mudiri, qurilish tashkiloti bilan birgalikda maktabni shift qismlarining chidamliligini qayta tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

“Kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida barcha viloyatlardagi qurilish bo‘yicha mutasaddilar hamda quruvchi tashkilotlardan maktablardagi qurilish va ta’mirlash ishlariga mas’uliyat bilan yondashishni, uning sifat jihatiga alohida e’tibor bergan holda maktabni kelgusida bolalar ekspluatatsiyasi uchun xavfsiz holda topshirishni so‘rab qolamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Yangiyo'l

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing