Andijonda 20 ta maktab va bog‘cha binosi buziladi

Jamiyat

image

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi yaroqsiz holatda bo‘sh turgan davlat ob’ektlari buziladi. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning shu haqdagi tegishli qarori Adliya vazirligining yagona elektron tizimida e’lon qilindi.

Qaror viloyat Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xatiga asosan qabul qilingan. Unga ko‘ra, 20 ta bog‘cha va maktab binosi buziladi. Hujjatda ta’lim boshqarmasi binolarni buzishdan olingan yaroqli materiallarni balansda saqlovchi tashkilotlarga kirim qilishni ta’minlashi belgilangan. Buzilishdan bo‘shagan yer maydonlari ta’lim boshqarmasi balansida qoldiriladi. 

Buzilishi belgilangan binolar viloyat bo‘yicha 20 ta, shulardan ikkitasi Andijon shahrida joylashgan. Andijon tumanida bitta, Asakada, Bo‘ston, Jalaquduq, Marhamat va Oltinko‘lda ikkitadan, Shahrixonda esa uchta ob’ekt buziladi. Shuningdek, Paxtaobod, Xo‘jaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepada bittadan bino buziladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi eskirgan “dom”larning buzilishi aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab bog'cha Andijon buzilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing