Yangiyo‘l hokimi ishdan olindi
Jamiyat
−
13:05
6571Bugun, 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ushbu shahar hokimi Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning shahar hokimi Dilshod Shuhratovich Sultonovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlangan.
Dilshod Sultonovning lavozimidan ozod qilinishining sababi ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Dilshod Sultonov 1980 yilda tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini tamomlagan, mutaxassisligi – iqtisodchi. 2003 yildan Moliya vazirligi tizimida ishlab kelgan. 2017 yil sentyabrida Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 2018 yil sentyabridan sobiq Moliya vazirligi rahbari o‘rinbosari va G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida, 2023 yilning fevral oyidan Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan Sultonov Yangiyo‘l shahar hokimi sifatida o‘tgan yilning avgust oyida ishga kirishgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Alimbekov ishdan olingandi.
LiveBarchasi