Yangilangan WBO reytingida o‘zbekistonlik bokschilar nechanchi o‘rindan joy oldi?

Sport

image

Butunjahon boks tashkilotining (WBO) dekabr oyi uchun yangilangan reytingi e’lon qilindi. Reytingdan umumiy 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi.

Birinchi o‘ta yengil vaznda Hasanboy Do‘smatov 8-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, yaqindagina jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oydagi kabi 6-o‘rinni egalladi. O‘ta yengil vazn toifasida Olimjon Nazarov 5 pog‘ona pastlab 7-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, yarimo‘rta vaznda Shahram G‘iyosov to‘rt pog‘ona yuqorilab, 3-o‘ringa chiqib oldi. Super o‘rta vazn toifasida janglar o‘tkazadigan Bektemir Meliqo‘ziyev esa ikki pog‘ona ko‘tarilishga erishdi va 7-pog‘onaga joylashdi.

Ta’kidlash joiz, bir necha kun oldin meksikalik Kevin Gonsalesni mag‘lub etgan Ahmadaliyev “Boxrec P4P” reytingida mashhur bokschilar Rayan Garsiya va Artur Beterbiyevni ortda qoldirdi. Hozirda Ahmadaliyev reytingda 29-o‘rindan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev O‘zbekistonga qaytib kelgani va Tapales-Inoue jangi g‘olibiga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov Murodjon Ahmadaliev Hasanboy Do'smatov Butunjahon boks tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing