Yangilangan WBA reytingida uch o‘zbek bokschisi 1-o‘rinni egalladi
Sport
−
03 Oktabr
12555Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi peshqadam bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu reytingdan o‘tgan oyda bo‘lgani singari 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. WBA rasmiy saytida davlati Ukraina deb ko‘rsatilgan Botir Ahmedov 13-o‘rindan 15-pog‘onaga pastladi.
Otabek Xolmatov va Bektemir Meliqo‘ziyev bir o‘ringa ko‘tarilib olgan. Otabekka faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni taqdim etgan Raymond Ford aksincha, 5-o‘ringa tushdi.
Reytingdagi o‘zbek bokschilari:
- Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda ham 1-o‘rin);
- Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);
- Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 4-o‘rin (o‘tgan oyda 5-o‘rin edi);
- Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 15-o‘rin (o‘tgan oy 13-o‘rinda edi);
- Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 3-o‘rin;
- Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 5-o‘rin (o‘tgan oy 6-o‘rinda edi).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Butunjahon boks tashkiloti (WBO) reytingi ham e’lon qilingandi. Mazkur reytingda faqatgina Shahram G‘iyosov o‘z vaznida yetakchilik qilmoqda.
LiveBarchasi