Yangilangan UFC reytingi e’lon qilindi

Sport

image

UFC promouterligi o‘z shafeligida ishtirok etayotgan jangchilar reytingini yangiladi. Bu safar reytingda bir nechta o‘zgarishlar bo‘ldi. 

Yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan amerikalik Maks Xollouey birdaniga uchta pog‘onaga ko‘tarilib, 8-o‘rinni egalladi. Eng yengil vazn toifasida ishtirok etayotgan qozog‘istonlik sportchi Asu Almaboyev o‘z o‘rnini yetti pog‘onaga yaxshiladi va hozirda 14-o‘rinda bormoqda.

Amerikalik jangchilar Rob Font, Entoni Ernandes  va Kayla Xarrison reytingda bir pog‘onaga ko‘tarildi. Ayollar o‘rtasidagi vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingida qirg‘izistonlik Valentina Shevchenko yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yengil vaznda janglar o‘tkazuvchi va o‘z vazni reytingida 2-o‘rinda qayd etilgan rossiyalik Said Nurmuhammedovning yangi jangi sanasi va raqibi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing