Yangilangan FIDE reytingida uch o‘zbek shaxmatchisi top-100 ga kirdi

Sport

image

Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) yangilangan reytingi e’lon qilindi. Reytingga ko‘ra, rapid yo‘nalishida 3 nafar O‘zbekiston vakili top-100 shaxmatchilar reytingidan joy oldi. 

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning reytingi:

13(16). GM Nodirbek Abdusattorov – 2733;
51(56). GM Rustam Qosimjonov – 2648;
88(84). GM Javohir Sindorov – 2618.

Rapid yo‘nalishida xotin-qiz shaxmatchilar kuchli yuzligida ayollar o‘rtasida FIDE ustasi Afruza Hamdamova – 2298 reyting ball bilan 85-o‘rindan joy oldi.  Rapid bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar kuchli yuzligiga 4 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kiritildi.

1(2). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2733;
6(8). GM Javohir Sindorov (2005) — 2618;
24(61). IM Muhiddin Madaminov (2006) — 2456;
83. FM Muhammadzohid Suyarov — 2367.

Rapid bo‘yicha 20 yoshgacha qizlar kuchli yuzligidan 2 nafar O‘zbekiston vakili joy olgan: 

10(30). WFM Afro‘za Hamdamova (2009) — 2298;
11(6). WIM Umida Omonova (2006) — 2273.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing