Yangilangan FIDE reytingida Abdusattorovning o‘rni o‘zgarmadi
Sport
−
01 noyabr 2024 4434 1 daqiqa
Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) yangilangan reytingida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 6-o‘rinni egalladi.
E’tiborlisi, o‘tgan oydagi reytingda ham Nodirbek 6-pog‘onada qayd etilgandi, biroq uning ochkolari 6 taga kamayib, 2777 ni tashkil qilmoqda. Reytingdan jami 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmat ustasi o‘rin oldi.
Reytingda 2685 ochko bilan Rustam Qosimjonov 44-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 2682 ochko to‘plagan Javohir Sindorov 56-o‘rindan 46-o‘ringa ko‘tarildi. 2681 reyting ochkosiga ega bo‘lgan Shamsiddin Vohidov 48-pog‘onani egalladi. 2668 ochko to‘plagan Nodirbek Yoqubboyev esa 62-o‘rinni band etdi.
Reytingni hamon norvegiyalik Magnus Karlsen boshqarmoqda. Uning hisobida 2831 ochko mavjud. Kuchli uchlikka amerikalik Fabiano Karuano va Hikaru Nakamura kiritilgan.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust