Yangiariq tumaniga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
30 avgust 2023
5561Kamol Otajonov Atabayevich Xorazm viloyatining Yangiariq tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Kamol Otajonov ushbu lavozimga tasdiqlanguniga qadar "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Yangiariq tumani hokimi Anvar Davletov viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. U 2020 yil dekabridan Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
LiveBarchasi