Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
09 iyun 4973 1 daqiqa
O‘rmon xo‘jaligi balansidagi yer maydonini ijaraga olib berish uchun pul talab qilgan Xorazm viloyati Yangiariq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimi qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu mas’ul xodim tuman hududida joylashgan va “Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi” davlat muassasasi balansida bo‘lgan 29 gektar yer maydonini chorvachilik yo‘nalishida 49 yil muddatga ijara asosida foydalanish uchun olib berish va mansabdor tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 4000 AQSH dollari talab qilgan.
DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs 3900 AQSH dollari va 1 mln 297 ming so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm, Farg‘ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini jami 500 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr