Yangiariqqa yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Yangiariq tumani xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan sessiyasida Zafarbek Bahodirovich Matnazarov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Zafarbek Matnazarov 1986 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, Toshkent moliya institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Nomzod Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 avgust kuni Furqat, Toshkent, Mingbuloq, Qorao‘zak va Taxiatosh tumanlari va G‘ozg‘on shahriga yangi hokimlar tayinlangandi. Mazkur hududlarning oldingi hokimlarini, shuningdek, Yangiariqning oldingi hokimini ham ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangiariq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing