Yana bir tayinlov. Xorazm hokimiga yangi o‘rinbosar keldi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Anvar Davletov 2022 yil martidan buyon ishlab kelgan Sherzod Ismailov o‘rniga, Xorazm viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U 2020 yil dekabridan Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Ma’lumot uchun, Anvar Davletov 1985 yil Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishida tahsil olgan. Bundan oldin viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm tayinlov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing