Yangi yilning ilk kunida necha chaqaloq tug‘ildi?
Jamiyat
−
01 yanvar
201552025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ularning:
- 492 nafari o‘g‘il;
- 548 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
- Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
- Toshkent shahri (112 nafar),
- Samarqand viloyati (101 nafar),
- Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
E’tiborlisi, tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.
"Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda", deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, 2020 yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021 yilda — 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
LiveBarchasi