Yangi yil munosabati bilan Toshkent metrosi tekin bo‘ladi
Jamiyat
−
28 dekabr 2023 9620 1 daqiqa
Toshkentda yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan metro xizmati barcha yo‘lovchilar uchun tekin bo‘ladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu bayram munosabati bilan metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, 2023 yil 31 dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Ma’lumot uchun, Toshkent metropoliteni tonggi soat 5:00 dan tungi soat 00:00ga qadar uzluksiz xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 dekabrda Toshkent metrosining “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlari qayta xizmat ko‘rsatishni boshlagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025