Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga borishi mumkin?
Jamiyat
−
22 dekabr 2021
10537Avvalroq O‘zbekiston aholisi Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun dam olishi haqida xabar bergan edik.
Transport vazirligi yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston aholisi sayohat qilishi mumkin bo‘lgan davlat haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangan bo‘lib, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvozlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakat fuqarolari bayram kunlari quyidagi xorijiy davlatlarga aviaqatnovlar orqali tashrif buyurishi mumkin.
- Turkiya, 40 ta reys (Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul );
- Qozog‘iston Respublikasi, 34 ta reys (Toshkent – Olmaota, Samarqand – Olmaota, Urganch-Oqtov, Nukus-Oqtov, Nukus-Oqto‘ba);
- Rossiya Federatsiyasi, 22 ta reys (Toshkent – Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg);
- BAA, 16 ta reys (Toshkent – Dubay, Toshkent – Sharja);
- Koreya Respublikasi, 4 ta reys (Toshkent – Seul);
- Tojikiston Respublikasi, 4 ta reys (Toshkent – Dushanbe);
- Belarus Respublikasi, 4 ta reys (Toshkent – Minsk);
- Qirg‘iiston Respublikasi, 3 ta reys (Toshkent – Bishkek);
- Misr, 3 ta reys (Toshkent – Qohira, Toshkent – Sharm-al-Shayx);
- Gruziya, 2 ta reys (Toshkent – Tibilisi);
- Germaniya, 2 ta reys (Toshkent – Myunxen);
- Hindiston, 2 ta reys (Toshkent – Dehli);
- Quvayt, 2 ta reys (Toshkent – Al-Quvayt);
- Latviya, 2 ta reys (Toshkent – Riga );
- AQSH, 2 ta reys (Toshkent – Nyu-York);
- Eron, 1 ta reys (Toshkent – Tehron);
- Isroil, 1 ta reys (Toshkent – Tel-Aviv);
- Saudiya Arabistoni, 1 ta reys (Toshkent – Ar Riyod);
Eslatib o‘tamiz, parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.