Yangi yil kechasida Rimda yuzlab qushlar vafot etdi

Olam

image

Italiya poytaxti Rimda Yangi yil kechasi otilgan salyut sababli yuzlab qushlar nobud bo‘ldi. Bu haqda "Corriere della Sera" xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Rimdagi Termini vokzali atrofidagi mahalliy qushlar baland ovozlar va salyutlarning porlashi sababli yashirinishga harakat qilgan. 

Yurak xurujiga uchragan qushlar, elektr uzatish liniyalari va uylarning derazalari bilan to‘qnashgan va yerga qulab tushgan. Natijada, ularning ba’zilari vafot etgan. 

Manbaga ko‘ra, Yangi yil oldidan Rim meri Virjiniya Raji 2020 yil 31 dekabrdan 2021 yil 6 yanvargacha bo‘lgan vaqt ichida feyerverk otishni taqiqlovchi farmon imzolagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Rim

Baholaganlar

484

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing