Yangi virus qanday kelib chiqqani aniqlandi
Olam
−
26 yanvar 2020 44067 1 daqiqa
Xitoylik olimlar yovvoyi hayvonlar koronavirusining manbai ekanligini aniqladi. Sinxua axborot agentligining xabar berishicha, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida koronavirus aniqlangan.
"Huanan dengiz mahsulotlari bozoridagi 585 namunadan 33 tasida koronavirus nuklein kislotalari aniqlandi. Bu virusning manbai Xuanan bozorida sotiladigan yovvoyi hayvonlardir", degan mutaxassislar.
Taxminlarga ko‘ra, ko‘rshapalaklar virusni ilonlarga yuqtirgan, shundan so‘ng yangi virus paydo bo‘lgan. Koronavirusning tarqalishiga asosiy sababchi Janubiy Xitoy yo‘l-yo‘l iloni va Xitoy kobrasi ekani aytilmoqda. Bu kabi mahsulotlar Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida sotilgan.
Ma’lumot o‘rnida, virus Avstraliya, Malayziya, Nepal, Koreya Respublikasi, Singapur, AQSH, Tailand, Fransiya va Yaponiyada ham yetib borgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr