Yangi virus Xitoydan tashqariga chiqdi

Olam

image

Xitoyning Vuxan shahrida noma’lum koronavirus oqibatida halok bo‘lganlar soni uch kishiga yetdi, deb xabar bemoqda BBC.

Xitoy Hukumati yangi virus bilan kasallangan 136-kishini  aniqladi. Vuxandan tashqari, Pekin va Shanxayda ham kasallikka chalinganlar mavjud. Bundan tashqari, Tailandda ikki va Yaponiyada yana bir kishiga shu kasallik tashxisi qo‘yilgan.

Shunday qilib, hozirgi kunda bemorlarning umumiy soni 200 kishidan oshdi.

2019 yil dekabr oyida Vuxan shahrida pnevmoniya avj olgandan keyin Xitoyda noma’lum koronavirus topildi. Virus tashxisi qo‘yilgan birinchi bemor 9 yanvar kuni vafot etdi. Ammo uning o‘limining aniq sababi noma’lum. Unga qorin o‘smasi va jigarning surunkali kasalligi tashxisi qo‘yilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklarning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan barcha chora-tadbirlar qat’iy nazoratga olingani haqida bayonot bergan edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, xitoyliklarning O‘zbekistonga kirishiga 1 yanvardan vizasiz rejim belgilangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Yangi virus

Baholaganlar

419

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing