Yangi virusning barcha belgilari e’lon qilindi

Olam

image

Xitoyda yangi virusning barcha belgilari e’lon qilindi. Uning odatiy belgilari - isitma va yo‘tal. Biroq bu bemorlarda paydo bo‘ladigan yagona belgi emas. Bu haqda Xitoy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Uxandagi shifoxonalarga koronavirus bilan kelgan ko‘plab bemorlarda diareya, ko‘ngil aynish, bosh og‘rig‘i, charchoq, shuningdek, ovqat hazm qilish va asab tizimidagi muammolar mavjudligi aniqlandi. Shifokorlar odamlarni hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sayohatda odamlar gavjum joylarga tashrif buyurgandan so‘ng, nafas olish tizimini himoya qilish uchun niqoblardan foydalanish, faqat shisha idishdagi suvlarni ichish, issiqlik bilan ishlangan ovqatni iste’mol qilish va qo‘lni yuvish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Yangi virus

Baholaganlar

1202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing