Yangi O‘zbekiston massivlarida 90 mingta xonadonli uy-joylar quriladi

Jamiyat

image

2023 yilda Yangi O‘zbekiston massivlarida 90 mingta xonadonli uy-joylar quriladi. Bu haqda bugun,15 dekabr kuni  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Prezident uylar ipoteka dasturi doirasida va xususiy sektor tomonidan qurilishi yuzasidan topshiriq bergan.

Bugungi kunga qadar ipoteka dasturlari doirasida qurilishi kerak bo‘lgan xonadonlarning atigi 20 mingtasi yoki 40 foizi yakuniga yetgan. Bundan tashqari, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida jami 1 ming xonadonli uy-joylarni qurish ishlari boshlanmagan.

Bosh vazirga o‘n kun muddatda rejani bajarmagan hududlar bo‘yicha xulosa qilib, taklif kiritish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

341

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing