Yangi Toshkentdagi aeroport sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi Yangi Toshkent xalqaro aeroporti quriladigan hududda joylashgan 7 ta qabriston ko‘chiriladi. Bu haqda viloyat hokimining joriy yil 15 sentyabrdagi “Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” qurilishi hududida joylashgan ayrim qabristonlarni ko‘chirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, quyidagi faoliyati to‘xtatilgan qabristonlar ko‘chiriladi:

Quyi Chirchiq tumani bo‘yicha:

  • “Sergeli” MFY hududida joylashgan “Sergeli bolalar” qabristoni;
  • “Sergeli” MFY hududida joylashgan “Koreys” qabristoni.

O‘rta Chirchiq tumani bo‘yicha:

  • “Yangiyo‘l” MFY hududida joylashgan “Suvon bag‘ish” musulmon qabristoni;
  • “Yangiyo‘l” MFY hududida joylashgan “Qudoyqul” musulmon qabristoni;
  • “Yangiyo‘l” MFY hududida joylashgan “Qudoyqul” koreys qabristoni;
  • “Yangiyo‘l” MFY hududida joylashgan “Sariktepa” koreys qabristoni;
  • “Yangiyo‘l” MFY hududida joylashgan “Boris” rus xristian qabristoni.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2026 yil 10 apreldagi 05-01/1143-sonli xulosasiga muvofiq, qabrlardagi marhumlar jasadlari tuproqqa aylanganligi ehtimoli mavjud bo‘lgan hollarda ushbu hududlardan belgilangan tartibda foydalanish mumkin. Quyi Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining ijobiy sanitariya xulosalari ma’lumot uchun qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, qabrlar ochilganda aniqlangan suyak qoldiqlari ehtiyotkorlik va hurmat bilan yig‘ilib, belgilangan tartibda boshqa qabristonlarga qayta dafn etiladi. Shuningdek, qabristonlarni ko‘chirish ishlari sanitariya-epidemiologiya, ekologik, arxitektura, diniy va jamoatchilik talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Yuqorida nomi keltirilgan qabristonlar quyidagi qabristonlarga ko‘chiriladi:

Quyi Chirchiq tumani bo‘yicha:

  • “Sergeli” MFYdagi “Shardara” qabristoni;
  • “Sergeli” MFYdagi rus-koreys qabristoni.

O‘rta Chirchiq tumani bo‘yicha:

  • “Taraqqiyot” MFYdagi koreys qabristoni;
  • “Yangiyo‘l” MFYdagi “Zaynab ona” qabristoni.

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi eksgumatsiya va qayta dafn qilish ishlarining sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing