Yangi Toshkent shahrini qurish uchun qaysi mavzelar tanlangani ochiqlandi
Jamiyat
−
24 iyul 2023 22139 1 daqiqa
Yangi Toshkent shahrini qurish uchun Yuqori hamda O‘rta Chirchiq tumanlaridagi qaysi mavzelar tanlab olingani ochiqlandi. Bu haqda joriy yilning 20 iyul kuni imzolangan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, yangi shahar uchun Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan qariyb 19 730,9 gektar yer maydoni tanlab olingan bo‘lib, dastlabki bosqichda 2 420 gektar yer maydonida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunboboyev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yerlarning toifasi o‘zgartirilib, Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotilishi hamda shaharni barpo etish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida direksiya tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi