Toshkent shahar hokimligi “Yangi Toshkent” loyihasiga izoh berdi

O‘zbekiston

−

visibility17858 timer1 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda Buyuk Britaniyaning “Benoy” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi Toshkent” loyihasining suratlari tarqaldi. Loyihada Chirchiq daryosining chap sohilidagi 20000 gektar maydonda yangi shahar qurish ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahar hokimligi Buyuk Britaniyaning “Benoy” kompaniyasi loyihasi bo‘yicha rasmiy axborot berdi.

“Britaniya me’morchilik kompaniyasi “Benoy” o‘zining veb sahifasida Toshkent shahri Bosh rejasining loyihasini e’lon qildi.

Bu haqida ko‘pchilik bir zumda o‘z fikrlarini bildirishga ulgurishdi va hatto uni noto‘g‘ri qilingan degan fikrlar ham uchradi. 

Aytish joiz, bu masalada “Benoy” faqat o‘z rejasini taqdim etdi. Bu masalada 3 ta kompaniyaning loyihalari ko‘rib chiqilmoqda, ularning orasida “Benoy” ham bor. Toshkent shahar hokimligi va shaharsozlik bo‘yicha mas’ul komissiya taqdim etilgan loyihalarni o‘rganib, eng ma’qulini tanlaydi.

Do‘stlar, sizdan iltimos, yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qat’iy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) ma’lumotlarning xaqqoniyligini tekshiring. Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Biroq poytaxt ma’muriyati “Yangi Toshkent” loyihasi ustida ish olib borayotgan boshqa ikki kompaniyaning nomini ma’lum qilmagan.


Maqola muallifi

Sunnatilla Abdullaev

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing