Yangi sport federatsiyasi tashkil etildi
Sport
−
21 yanvar 3168 1 daqiqa
Bugun, 21 yanvardan O‘zbekiston “Jump Rope” federatsiyasi faoliyatini boshladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yanvar kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida bo‘lib o‘tgan anjumanda Toshkent shahar hokimiyatining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Shukurulloyevna Rahimova O‘zbekiston “Jump Rope”, ya’ni arqondan sakrash musobaqalarini tashkil etuvchi sport federatsiyasi raisi etib saylandi.
Shuningdek, federatsiya birinchi vitse-prezidenti etib Hasan Xayrullayevich Xayrullayev nomzodi ma’qullandi.
Ma’lumot o‘rnida, “Jump Rope” arqondan sakrash musobaqalarini o‘zida jamlovchi sport turi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekistonda yangi futzal federatsiyasi faoliyat boshlagan edi.
Live
Barchasi