Yangi pandemiya vujudga kelishi taxmin qilindi

Olam

image
“Qiyomat kuni boshpanalari”: 2012 yil vasvasasi yana qaytalanmoqda north_east

“Qiyomat kuni boshpanalari”: 2012 yil vasvasasi yana qaytalanmoqda

Insoniyat o‘zini hayot strategiyasini va yashash tarzini o‘zgartirishi kerak. Bo‘lmasa yangi pandemiya vujudga kelishi aniq Bu haqda biolog, BMTning hayvonlarni himoya qilish va bioxilma-xillik sohasidagi konferensiyalari ishtirokchisi Mariya Voronsova ma’lum qildi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, insonning hozirgi hayot tarziga qarab bilsa bo‘ladiki, populyatsiyaga tahdid soladigan yangi halokatli bakteriyalar paydo bo‘lishi muqarrar va buni oldindan aytish qiyin emas. Uning aytishicha, keyingi pandemiya 2 yildan so‘ng bo‘lishi mumkin.

“Agar insoniyat COVID-19 bilan kurashsa, lekin o‘zini hayotga bo‘lgan qarashini o‘zgartirmasa, ikki yildan keyin qandaydir pandemiya kelib chiqadi “, deydi Voronsova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, odamlar yer ekotizimiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, u odamzod tabiatni ayamayapganini ham qo‘shib qo‘ydi.

Voronsovaning ma’lum qilishicha, inson populyatsiyasining “parazit“ strategiyasi tufayli boshqa turlar va madaniyatlar, xususan, palma plantatsiyalari, katta o‘rmonlar, turli jonivorlar yo‘q qilinmoqda. Uning fikricha, inson sayyoraning boshqa “aholisi“ bilan birga yashashga intilishi kerak.

Ma’lumot uchun, aprel oyi boshida olimlar yovvoyi hayvonlarning ekspluatatsiyasi pandemiyaning paydo bo‘lishiga ta’sir qilishini aytishdi. Xususan, ular yovvoyi tabiatni yo‘q qilish va yangi yuqumli kasalliklarning tarqalishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topdilar. Odatda, bu ov qilish, yashash joylarining buzilishi va urbanizatsiya tufayli hayvonlarning majburiy ko‘chishi bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

1615

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing