Kimlar kambag‘allar toifasiga kiradi?

Jamiyat

image

Iste’molning minimal va ratsional darajasi mavjud. Iste’molning minimal darajasi iste’molchining mavjud bo‘lgan normal sharoitlarni ta’minlash chegarasidan tashqariga chiqqanida u kambag‘allar toifasiga aylanadi.

Turmush darajasini aniqlash uchun iste’mol savatchasidan, ya’ni muayyan iste’mol darajasini ta’minlovchi tovarlar va xizmatlar majmuyidan foydalaniladi. Jahon tajribasida aholi yashash minimumini hisoblashning quyidagi usullari mavjud:

Statistik usul – kam ta’minlangan qatlam daromadining o‘rtacha darajasining 10-20 foizi olinadi.

Sotsiologik usul – mazkur usulda yashash minimumi aholi fikriga tayanib belgilanadi.

Resurs usuli – yashash minimumi iqtisodiyotning imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Normativ usul – davlat tomonidan minimal iste’mol byudjeti qonun va ijtimoiy normativlar bilan belgilanadi.

Iste’mol savatchasi uchta asosiy tarkibiy qismga: oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlarga ajratish mumkin. Iste’mol savatchasining huquqiy asosini yaratish orqali aholi kambag‘allikdan qutulib qolmaydi, balki ularning soniga aniqlik kiritiladi, xolos. Xuddi shu maqsadda aholini daromadini oshirishning eng samarali yo‘li bu fuqarolarni boqimanda kayfiyatdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirishdan iborat bo‘lishi lozim.

Avvalroq, 145 ming kambag‘al aholi ishga joylashtirilishi rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Kambag'allik

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing