Norboyeva Bolalar parlamenti faoliyatini tiklashni o‘ylayapti

Jamiyat

image
#UniTaniysizmi? north_east

#UniTaniysizmi?

Kecha, 6 noyabr kuni "Kamalak" bolalar tashkilotining Respublika sardorlar forumi bo‘lib unda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Yoshlar ittifoqi raisi Alisher Sa’dullayev ishtirok etgan. 

Ushbu uchrashuvda Senat raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshida Bolalar parlamenti faoliyatini tiklashni takliq filgan. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozadi:

“Yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularni deputatlar va senatorlar bilan birgalikda qonunchilik faoliyatida faol ishtirok etishga chorladim. Ularning ovozlari eshitilishi va manfaatlari hisobga olinishi muhimdir. Buning uchun esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Bolalar parlamenti faoliyatini qayta tiklashni taklif qildim”. 

Norboyeva so‘zida davom etarkan, hayratini yashirmay, “yosh bo‘lishiga qaramay, bolalar katta hayajon bilan mamlakatning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga harakat qilyaptilar”, deydi.  

Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Tanzila Norboyeva bolalar bilan ishlashda katta tajribaga ega. U 1975-1995 yillari  Toshkent shahrida  maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar o‘quvchilar uyi direktori, keyinchalik  turli darajalidagi davlat  organlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Saida Mirziyoeva Alisher Sa'dullaev Kamalak bolalar tashkiloti

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing