#UniTaniysizmi?
Foydali
−
06 noyabr 2019
9002QALAMPIR.UZ ijtimoiy so‘rov shaklida #UniTaniysizmi? Nomli yangi loyihani yo‘lga qo‘ydi. Loyihaning birinchi qahramoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva.
Loyiha muallifi Feruza Najmiddinova shahar ko‘chalarida odamlar bilan muloqot qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning suratini ko‘rsatib, turli yosh va turli kasb egalari bo‘lgan odamlarning mamlakat siyosiy hayotidan boxabar ekanliklari va parlament raisini qanchalik tanishlarini sinovdan o‘tkazdi?
Nega aynan Norboyeva?
Loyihaning birinchi qahramoni sifatida Tanzila Norboyeva tanlab olinishiga o‘tgan oylarda OAVda u bilan bog‘liq xabarlar ko‘p e’lon qilingani bo‘ldi.
Tanzila Norboyeva Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1981 yilda Toshkent davlat universitetini bitirgan, pedagogika fanlari nomzodi.
Ish faoliyatini 1974 yilda Andijon viloyati Shahrixon shahridagi 1-maktab yoshlari yetakchisi lavozimidan boshlab, 1975-1995 yillari Toshkent shahrida maktab o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari va Toshkent shahar o‘quvchilar uyi direktori, keyinchalik turli darajalidagi davlat organlarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
1995-2010 yillari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari kotibiyati mudiri, Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmuasi rahbari kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
2010-2016 yillari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi lavozimida ishlagan.
2016 yildan 2019 yilning 21 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublika Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Joriy yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi lavozimiga tayinlandi.
Oilali, 2 nafar qiz farzandi bor.
LiveBarchasi