Yangi global moliyaviy inqiroz qaysi davlatda yuz berishi taxmin qilindi

Tahlil

image

Yangi koronavirusning tarqalishi global moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin. Agar bu voqea yuz bersa, uning o‘chog‘i Italiyadagi bank sektori bo‘ladi. Bu haqda “Washington Post” yozmoqda.
 
Maqolada yozilishicha, kelajakda dunyonining yirik iqtisodiga aylanishi kutilayotgan ushbu sektorning ertangi kuni uning bardoshliliga bog‘liq. Italiyada karantin tufayli tijoriy faoliyat deyarli to‘xtatildi. Nashr eksporti Devid Linchning fikriga ko‘ra, Italiya hukumati vaziyatni osongina hal eta olmaydi.

“Rimning inqirozga qarshi qo‘llayotgan choralari investorlarni cho‘chitmoqda. Bu esa hukumat obligatsiyalarining qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida, banklarda zaxiralarning kamayishi va kreditlashning cheklanishi yuzaga keladi”, deb yozilgan maqolada.

Yana bir muammo shundaki, Italiya kredit muassasalarining davlat qarzi 2,4 trillion dollarga yetgan. Bu keskin iqtisodiy inqiroz sharoitida beqarorlikka olib kelishi, oqibatda tadbirkor va jismoniy shaxslar o‘z qarzlarini to‘lashni to‘xtatishi mumkin.

"Italiya hukumati Xitoydan farqli o‘laroq kutilmaganda yuz beradigan bank inqiroziga dosh berolmaydi", deyiladi maqolada.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya

Baholaganlar

324

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing