Yangi balo. Olimlar tvindemiya xavfidan ogohlantirmoqda 

Olam

image

Yevropada o‘tgan qishda qattiq cheklovlar tufayli gripp virusi deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketdi, biroq bu yil u ancha tez sur’atlarda qaytmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqi tibbiy regulyatori ma’lumotlariga tayanib xabar bergan.  

Bu jarayon, ayniqsa, joriy yilda keksalar uchun xavfli bo‘lgan H3A gripp virusining shtammi tarqalayotgani sababli, qo‘shaloq epidemiya yoki tvindemiya qo‘rquvini kuchaytiradi. 

Yevropa Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil dekabr oyining o‘rtalaridan boshlab gripp viruslari Yevropada kutilganidan ham tezroq tarqalmoqda. Dekabr oyida Yevropa intensiv terapiya bo‘limlarida gripp bilan kasallanganlar soni barqaror ravishda o‘sib, yilning so‘nggi haftasida 43 taga yetgan. Bu pandemiyadan oldingi darajadan ancha past bo‘lib, 2018 yilda intensiv terapiya bo‘limlarida har haftada 400 dan ortiq gripp holatlari qayd etilgan. Ammo bu o‘tgan yilgidan ko‘pdir, oldingi yilda butun dekabr oyi davomida intensiv terapiya bo‘limida faqat bitta gripp holati qayd etilgan. 

“Virusning qaytishi yozgacha cho‘zilishi mumkin bo‘lgan g‘ayrioddiy uzoq gripp mavsumining boshlanishi bo‘lishi mumkin”, degan Yevropa Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazining gripp bo‘yicha bosh mutaxassisi Pasi Penttinen. 

Ta’kidlanishicha, tvindemiya haddan tashqari yuklangan sog‘liqni saqlash tizimlariga ortiqcha bosim o‘tkazishi mumkin. 

Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tgan haftadan beri e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning uchta viloyatida gripp epidemiyasi kuzatilmoqda. Boshqalari esa epidemiyadan oldingi bosqichda. Fransiyada bu mavsumda grippning 72 ta jiddiy holati qayd etilgan, olti kishi vafot etgan. 

Grippga qarshi vaksinalar har yili o‘zgaruvchan shtammlarga qarshi imkon qadar samarali bo‘lishi uchun moslashtiriladi. Ularning tarkibi gripp mavsumi boshlanishidan olti oy oldin, qarama-qarshi yarimsharda viruslarning aylanishi asosida aniqlanadi. Bu dori ishlab chiqaruvchilarga dori vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun vaqt beradi. 

“Biroq, gripp virusi o‘tgan yili deyarli aylanmadi, shuning uchun bu yil mavjud bo‘lgan vaksinalar H3Aga qarshi optimal bo‘lmaydi”, deydi mutaxassislar.


Maqola muallifi

Teglar

gripp tvindemiya

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing