Koreyada koronavirus va grippni aniqlaydigan yagona test ixtiro qilindi

Olam

image

Janubiy Koreyaning Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi vazirligi COVID-19 va mavsumiy grippni bitta namunada aniqlovchi yangi testni ro‘yxatga oldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash idoralari ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda SCMP.

Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash tizimi xodimi Yun Te Xoning so‘zlariga ko‘ra, bu usul bilan bemorlar COVID-19 va mavsumiy gripp natijalarini bitta testda 3-6 soat ichida olishlari mumkin.

“Bu tibbiyot xodimlariga yuklamani kamaytirishi va bemorlar uchun noqulayliklarning (test natijasini kutish) oldini olishi kutilyapti”, degan Yun.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyada kecha, 5 noyabr kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘diq 125 ta yangi holat qayd etildi. Bu – KDCA (Koreyada kasalliklarni nazorat qilish agentligi)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 23 oktyabrdan beri kunlik eng yuqori o‘sish hisoblanadi.

Mamlakatdagi tasdiqlangan umumiy kasalliklar soni 27 mingdan ortiqni, vafot etganlar soni esa 475 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya koronavirus gripp

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing