Yangi hududlar abadiy Rossiyaniki bo‘lib qoladi – Putin
Olam
−
14 iyun
11254Donbass, Xerson va Zaporoje viloyatlari aholisining Rossiya bilan birga bo‘lish irodasi buzilmas va bu masala abadiy yopiq. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 14 iyun kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Xerson va Zaporoje aholisi referendumlar chog‘ida o‘z pozitsiyasini bildirgan va bu masalani hatto muhokama qilib bo‘lmasligiga prezidentning ishonchi komil.
“Xerson va Zaporoje viloyatlari, shuningdek, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirdi va davlat birligimizni buzish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Mazkur hududlardagi aholining Rossiya bilan birga bo‘lish irodasi bukilmas, masala abadiy yopiq va endi muhokama qilinmaydi”, deydi Putin.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 23-27 sentyabr kunlari Zaporoje viloyatining bosib olingan hududida, shuningdek, tan olinmagan DXR va LXR hamda bosib olingan Xerson viloyatida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar o‘tkazilgandi. Referendum natijalariga ko‘ra, LXRda 98,42%, DXRda 98,69%, Zaporojeda 93,11% va Xersonda 87% referendum qatnashchilari Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergani aytildi. Xalqaro tashkilotlar ushbu referendum natijalarini tan olmadi.
LiveBarchasi