Yangihayotga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yangihayot tumaniga Mohira Ergashbayevna Shukurullayeva prokuror etib tayinlandi. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yangihayot tumani prokuraturasi binosida Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi, Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda tuman prokuraturasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilish kun tartibida bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilingan.

Xususan, Mohira Ergashbayevna Shukurullayeva Yangihayot tumani prokurori etib tayinlangan hamda unga yangi lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, uning bilim va tajribasi Yangihayot tumanida huquqiy tartibotni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning samaradorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalq deputatlari Qarshi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgandi va unda Jasur Tursunov tuman hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

prokuror Yangihayot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing