Yangihayot tumanidagi xonadonga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 22 iyul kuni Yangihayot tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:00 da Toshkent shahri Yangihayot tumani, Qipchoq ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadon yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 12:09 da yetib borib, yong‘in soat 12:22 da qurshab olingan va soat 12:29 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, ushbu manzilda tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi qurilishi to‘liq bitmagan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing