Yangihayot va Davlatobod tumanlari tashkil etildi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
9095O‘zbekiston Senati 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yettinchi yalpi majlisda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot va Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanlarini tashkil etish haqidagi qarorlarni tasdiqladi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Senatning yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 69, 78-moddalariga hamda “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi qonunining 18, 23 va 25-moddalariga muvofiq, “Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi Oliy Majlis Senatining qarori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil may oyida Zangiota va Sergeli tumanlariga tashrifi davomida jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif Prezident tomonidan ilgari surilgan edi. Ushbu taklif joriy yil iyul oyida Toshkent viloyati va Toshkent shahri aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish masalasi xalq deputatlari Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati Kengashlari tomonidan ma’qullangan.
LiveBarchasi