Yandex Uzbekistan Samarqand va Buxoroda elektrosamokatlar ijarasi xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Biznes

image

Samarqandliklar allaqachon Yandex Go ilovasi orqali elektrosamokatlarni ijaraga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yaqin kunlarda ushbu xizmat Buxoroda ham ishga tushiriladi. Elektrosamokatlar tirbandlikni chetlab o‘tish yoki avtobus bekatiga qulay yetib borish kerak bo‘lgan holatlarda juda foydali vosita sanaladi. Yandex Go’dagi barcha elektrosamokatlar xavfsiz va qulay harakatlanishni ta’minlovchi masofadan boshqariladigan tezlik nazorati moduli bilan jihozlangan.

Samokatni ijaraga olish uchun Yandex Go ilovasini eng so‘nggi versiyasiga yangilash kifoya. Samokatni band qilgandan so‘ng, foydalanuvchi unga yetib borish uchun 10 daqiqa bepul vaqtga ega bo‘ladi. Boshlanish bahosi — 1990 so‘m, safar narxi esa har daqiqa uchun 750 so‘mdan boshlanadi. Qulaylik uchun 30, 50 va 100 daqiqalik maxsus paketlarni sotib olish mumkin. Shuningdek, barcha foydalanuvchilar oylik yoki yarim yillik obuna xarid qilib, start narxisiz harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Safar uchun to‘lov ilovaga bog‘langan karta orqali avtomatik tarzda yechiladi.

Elektrosamokatni 18 yoshdan boshlab ijaraga olish mumkin. Bir akkaunt orqali bir vaqtning o‘zida uchta samokatni band qilish mumkin — bu do‘stlar yoki yaqinlar bilan safar qilishda juda qulay. Bir necha samokatni ikki usulda ijaraga olish mumkin: ilova orqali “Yana bitta” tugmasini bosish yoki samokat korpusidagi QR-kodni skanerlash orqali.

Sayohat boshlanishidan oldin foydalanuvchilar elektrosamokatdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha sodda yo‘riqnomani oladi. Shaharda “sekin harakatlanish hududlari” mavjud bo‘lib, bunday hududlarda samokat harakat tezligini avtomatik ravishda asta-sekin pasaytiradi. Bunday hududlar ilovadagi xaritada belgilangan. Yurish taqiqlangan hududlarda esa samokatlar asta-sekin to‘liq to‘xtab qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Yandex Uzbekistan elektrosamokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing