Yana zilzila yuz berdi. Bu gal qayerda?

Olam

image

Bugun, 21 fevral kuni Erondan 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Er dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 06:05 da qayd etilgan. Zilzila epimarkazi 352 ming aholi istiqomat qiladigan Bandar Abbos shahridan 113 km shimoli-g‘arbda, 10 km chuqurlikda joylashgan.

Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va soat 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila yuz berdi. Kecha, 20 fevral kuni Hatay viloyatining Dafna va Samandag‘ tumanlarida yana kuchli – 6,4 va 5,8 magnitudali 3 daqiqalik interval bilan ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing