Yana o‘sha gaplar. Zelenskiy Rossiyaning o‘qi haqida BMT minbarida gapirdi
Olam
−
25 Sentabr 2019
6814Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMTda qilgan chiqishida Rossiyani Yevropaning markazida urush olib borganlikda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Shuningdek, Zelenskiy "Rus tajovuzining" ramzi sifatida o‘qni namoyish qildi."Mana, bu 12,7 millimetr hayotni to‘xtatdi. Bu atiga o‘n dollarga tushadi. Afsuski, hozir sayyoramizda bu inson hayoti uchun sarflanadigan xarajatdir", dedi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi opera qo‘shiqchisi Vasiliy Slipak Donbasda shunday o‘qdan o‘lgan. " Siz uning ajoyib ashulasini eshitgan bo‘lishingiz mumkin, ammo, afsuski, uni boshqa hech qachon eshitmaysiz. Nega? Nega? - deb so‘radi u.
Shuningdek, Ukraina rahbari Donbasdagi janglar besh yildan beri davom etayotganini eslatdi. "13 mingdan ortiq o‘lganlar, 30 ming yarador, bir yarim million kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur. <...> Shuning uchun urushni tugatish, barcha bosib olingan Ukraina hududlarini qaytarish va tinchlikni saqlash mening vazifam", dedi u.
O‘zidan oldingi Petro Poroshenkodan farqli o‘laroq, Zelenskiy ingliz tilida emas, balki ukrain tilida nutq so‘zlashni afzal ko‘rdi.
Ma’lumot uchun, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar Ukrainadagi to‘ntarish, Qrimning qaytarilishi va Donbasda qarama-qarshilik boshlanganidan keyin yomonlashdi. Rossiya "tajovuzkor mamlakat" deb nomlanadi va unga aralashish, xususan, mamlakatning janubi-sharqidagi mojarolarda qatnashishda ayblanmoqda. Moskva ayblovlar asossiz ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
LiveBarchasi