Yana uch hududda 67 nafar bemor aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 67 nafarga ortib, 42 437 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    51 nafari Toshkent shahrida;

•    8 nafari Toshkent viloyatida;

•    8 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Olmazor tumanida yashagan 77 yoshli N.A. (ayol) vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 98 nafar, Toshkent viloyatida 87 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, mamlakatdada 39 862 (+198) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2 248 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing