Yana uch hududda 188 kishi koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2020
8189Bugun, 27 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 188 nafarga ortib, 55 320 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 163 nafari Toshkent shahrida;
• 15 nafari Andijon viloyatida;
• 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
• Toshkent shahrida 219 nafar;
• Toshkent viloyatida 92 nafar;
• Andijon viloyatida 14 nafar;
• Samarqand viloyatida 13 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 12 nafar;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar;
• Surxondaryo viloyatida 8 nafar;
• Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 51 829 (+371) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 14 hududidagi davolash muassasalarida 3033 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.
LiveBarchasi