Yana ofat! Hindistonda ko‘chki oqibatida 33 kishi halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 iyul kuni Hindistonning Maxarashtra shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi ortidan yuz bergan ko‘chkida 33 kishi halok bo‘ldi. Yana 6 kishi jarohatlangan. Bu haqda “Times of India” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar ikkita ko‘chki sodir bo‘lishi, bino qulashi natijasida halok bo‘lgan. Bundan tashqari, uch kishi elektr toki urishi oqibatida vafot etgan.

Hindiston meteorologiya idorasi Maxarashtra shtati markazi Mumbayda haddan tashqari kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli xavfning “qizil” darajasini e’lon qilgan.

Jala sababli shahar aholisi elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarga duch kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning ko‘plab davlatlarida, jumladan, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya, Niderlandiya kabi davlatlarda kuchli yomg‘irlar oqibatida toshqinlari yuzaga kelyapti. Shuningdek, Fransiya va Britaniya davlatlarida tinimsiz yomg‘ir yog‘yapti. Hozirgacha birgina Germaniyada toshqinlar oqibatida 160 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ukrainada esa kuchli yomg‘ir sabab Kiyevning bir qancha joylari suv ostida qoldi.

1


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston ko'chki

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing