Yana metro mojarosi: “Novza” bekati yaqinida poyezd to‘xtab qoldi, odamlar piyoda yurib ketdi
Jamiyat
−
28 aprel 2021
7511Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd to‘xtab qolib, yo‘lovchilar relslar ustilan piyoda yurib ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Rasmiylar holat bo‘yicha munosabat bildirganicha yo‘q.
Qayd etish kerakki, aprel oyida Toshkent metropoliteni tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lyapti. 7 aprelda O‘zbekiston yo‘nalishining “G‘afur G‘ulom” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar zaxiradagi poyezdga ko‘chirilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda metroda poyezdlar to‘qnashib ketdi, deya talqin qilingandi.
8 aprel kuni Sergeli yo‘nalishida metro poyezdi harakati to‘xtab qolgandi. Yo‘lovchilar esa evakuatsi qilingan. 10 aprel kuni esa eng sharmandali va xavfli holat yuz berdi. Poyezd Chilonzor yo‘nalishidagi “Pushkin” va “Buyuk ipak yo‘li” bekatlari oralig‘ida eshiklarini yopmasdan harakatlandi. Bu vaqtda vagonda yo‘lovchilar bo‘lgan, albatta.
Keyinchalik Toshkent metrosidagi tabloda behayo yozuv paydo bo‘ldi.
LiveBarchasi