Yana Xitoy. Bortida 30 kishi bo‘lgan kema halokatga uchradi (video)
Olam
−
02 iyul 2022
10341Janubiy Xitoy dengizida bortida 30 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan muhandislik kemasi halokatga uchradi. Bu haqda “South China Morning Post” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kema "Chaba" to‘foni markazida bo‘lib, ikkiga bo‘linib ketgan.
Voqea Gonkongdan 300 kilometr janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan. Xitoy Xalq Respublikasining ushbu maxsus ma’muriy hududi ma’muriyati dengizchilarni qutqarish uchun samolyot va bir nechta vertolyotlarni jo‘natgan.
Hozircha 3 kishi qutqarilgan, 27 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Operatsiyaga murakkab ob-havo sharoiti to‘sqinlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Janubiy Xitoyda bortida 133 kishi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti halokatga uchragan edi. Aviahalokatda hech kim tirik qolmagan.
LiveBarchasi